Fakultet tarixi

Farmatsiya, Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muxandisligi va OMX fakulteti tarixi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi «Respublikada Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida»gi UP-2107 sonli farmoniga asosan, Respublikamizdagi barcha tibbiyot institutlarida 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab, «Oliy hamshiralik ishi» yunalishi bo‘yicha Tibbiyot Institutlarida «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo‘limlari faoliyat ko‘rsata boshladi. 1999 – 2000 o‘quv yilidan boshlab, Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlarining Tibbiy pedagogika fakultetining qoshida «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo‘limlari tashkil etildi. Birinchi Toshkent tibbiyot institutida «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo‘limiga «Ko‘z kasalliklari» kafedrasining dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Yangieva N.R. va ikkinchi Toshkent tibbiyot instituti Tibbiy pedagogika fakulteti qoshidagi «Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash» bo‘limiga tibbiyot fanlari doktori, professor Raximboeva G.S. raxbarlik qilganlar. O‘sha paytda ilk talabalar soni 1 – ToshMI da 38 ta va 2 – ToshMI da 40 ta bo‘lgan. 2002 yil «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo‘limi maqomi «Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash» maqomiga o‘zgartirildi. 2002 yil 2 – ToshMI dagi «Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash» bo‘limiga raxbar bo‘lib, tibbiyot fanlari doktori, Umarov R.X. tayinlandi. 2003 yildan esa, tibbiyot fanlari doktori, professor Bobojonova Sh.A. raxbar etib tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 19 iyul 2005 yildagi № PQ–3629 sonli farmoniga ko‘ra bekor qilingan Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlari asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi munosabati bilan «Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash» fakulteti tashkil etildi va fakultet dekani lavozimiga Bobojonova Sh.A. tayinlandi. Bu paytga kelib talabalar soni 100 tadan ortdi.2007 yildan boshlab OMH fakultetiga tibbiyot fanlari doktori Xalmatova B.T. dekan lavozimida faoliyat yuritdi. Aynan shu yillardan boshlab OMH fakulteti fakultet sifatida ilgarilab bordi. Barcha sohalarda jumladan sport, ma’naviy-marifiy tadbirlar, bilim salohiyatida ham fakultet birinchi o‘rinlarda turdi. Aynan dekan Xolmatova B. T. boshchiligida fakultetning Ilmiy Kengash ishlari yulga qo‘yildi.

     2011 – 2012 o‘quv yilidan boshlab OMH fakultetiga tibbiyot fanlari doktori, professor Rustamova X.E. dekan lavozimiga tayinlandi. Shu yildan boshlab dekan boshchiligida fakultetning O‘quv uslubiy kengash ishlarini yulga qo‘yildi. Talabalar soni 300 dan ortdi va bilimga bo‘lgan qiziqish juda shakllandi.

     2016-2017 o’quv yilidan boshlab OMX fakultetiga Otorinolaringologiya va stomatologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori,  Bakieva Shaxlo Xamidullaevna dekanlikka tayinlandi. Shaxlo Xamidullaevna faoliyatlari davomida fakultetning bitiruvchi kurs talabalari tanlov fanlarini nazariy jixatdan emas, balki to‘lik amaliy jixatdan o‘zlashtirilishi yulga kuyildi. 2020 yilda Oliy xamshiralik ishi yunalishining 20 yillik yubileyi nishonlandi. Ushbu davr mobaynida fakultetning o‘quv uslubiy faoliyati rivojlandi, ilmiy saloxiyat urtacha 20% oshdi. Undan tashkari ma’naviy-ma’rifiy, yoshlar bilan ishlash jarayonlari rivojlanib bordi. 2020 yil iyun oyidan boshlab, Oliy ma’lumotli xamshira fakulteti dekani etib, yukumli va bolalar yukumli kasalliklari kafedrasi assistenti, tibbiyot fanlari nomzodi, Eraliev Umidjon Ergashovich tayinlandi.

2022- yil mart oyidan boshlab Aliev Sarvar Ubaydullaevich

Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, tibbiy biomuhandislik,

oliy ma’lumotli hamshira 

 fakulteti dekani etib tayinlandi