Fakultet xaqida

Farmatsiya, Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muxandisligi va OMX fakulteti tarixi

·         Xozirgi kunda OMX fakultetiga  6 kafedra biriktirilgan bulib, ushbu kafedralarda 86 yaqin professor o‘qituvchilar uz pedagogik faoliyatlarini olib borishmokda. Fakultetning ilmiy salohiyati   42 %. Bugungi kunda fakultetda 936 ta talaba tahsil olmoqda. Ular Akademiyamizning 24 kafedrasida 31  fandan bilim olishadi.

·         Kafedralarning moddiy-texnik bazasi asosan bugungi kun talablariga javob beradi. Kafedralarda fakultet talabalariga dars berish uchun malakali pedagoglar ajratilgan. Ma’ruzalarning 60%ni professorlar, 40% dotsentlar tomonidan o‘qiladi.

·         Bugungi kunda OMX fakultetida bir qator ishlar olib borilmoqda.

·         –   Jumladan amaliy dars va ma’ruzalar sifatiga e’tibor berilmoqda.

·         – O‘qish jarayonida Yangi pedagogik texnologiyalar keng tadbiq qilinmoqda.

·         – Barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar, adabiyotlar yaratilgan va yangilanib bormoqda.

·         –  Klinik fanlar bo‘yicha amaliy darslar  amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun tashkil qilingan laboratoriya va QVP modulida o‘tishmoqda.

·         Hozirgi kunda Oliy ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash jarayoni tubdan o‘zgargan, ular 4 .:

1.       anesteziologiya va reanimatsiya blokida  hamshiralik ishi;

2.      jarroxlik blokida hamshiralik ishi;

3.      akusherlik blokida hamshiralik ishi;

4.      hamshiralik ishida menejment.

·         Ushbu fakultet bitiruvchilariga talab juda katta, «Oliy ma’lumotli hamshira» yo’nalishining bitiruvchisi quyidagi turdagi kasbiy faoliyatni bajarishga tayyor bo‘lishi lozim:

·         davolash-profilaktik;

·         tashkiliy-boshkaruv;

·         axborot-taxliliy;

·         marketing;

·         innovatsion;

·         reabilitatsion;

·         tarbiyaviy-pedagogik;

·         metodik;

·         konsultativ;

·         ilmiy-izlanish.

·         Demak, hozirgi zamon talabiga muvofikq kadrlarni tayyorlash uchun o‘quv jarayonini yanada mukamallashtirishimiz zarur.  OMH fakulteti talabalari uchun ushbu o‘quv yilida o‘quv jarayonni sog‘liqni saqlash amaliyotiga maksimal yaqinlashtirish, amaliy ko‘nikmalarni chuqurroq o‘rgatish, oliy ma’lumotli hamshiralarni tayyorlashda kafedralararo integratsiyani kuchaytirish uchun OMH markazi tashkil qilinish  maqsadi qo‘yilgan. Ushbu markazda 6 o‘quv bo‘lim (terapevtik, xirurgik, onalik va bolalik, laborator-instrumental diagnostikasi, hamshiralik ishida shaxslararo munosabatlar ko‘nikmalarini o‘rganish, menejment va liderlik), kutubxona, o‘quv xonasi, kompyuter zali tashkil etish rejalashtirilgan. Markazda reja asosida 1,2,3 kurs talabalariga amaliy darslar o‘tiladi va bemorlarni parvarishi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mulyaj, fantomlar va boshka o‘quv qo‘llanamlar yordamida o‘rgatiladi.

·         Respublikamizda hamshiralik ishini takomillashtirish ko‘p jixatdan ushbu kasb egalarini rolini va axamiyatini oshirishdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilg‘or tajribalaridan hamda ilm–fan yutuqlaridan foydalangan holda hamshiralik ishini tashkil etish va boshqarishni uzluksiz ta’lim orqali yaxshilashdan iborat.  Hamshiralik ishini tashkil etish va boshqarishni yuksak samarali tizimini yaratishning asoslaridan biri ushbu mutaxassislik bo‘yicha respublikamizga yetuk magistrlar  tayyorlashdan iborat.

·         Hamshiralik ishini rivojlantirishning istiqboli:

·         ilmiy-izlanish bilan shug‘ulanuvchi mutaxassislarga xar tomonlama yordam ko‘rsatish

·         boshqa OTMlar bilan xamkorlik ishlarini takomillashtirish

·         oliy ma’lumotli hamshira faoliyatining klinik standartlari va talablarini ishlab chiqish

·         hamshira ishini baxolash kriteriyalarini aniklash

·         hamshiralik ishi liderlarini tayyorlash

·         hamshiralik ishini boshkarishni takomillashtirish

·         amaliy o‘qitish va hamshira faoliyatining sifat indikatorlarini ishlab chiqish

·         O‘qish muddati 3 yil (bakalavr)

·         2013 yilda fakultet talabalari uchun “OMH o‘quv markazi” ochilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘rgatadi:

·         Tibbiy hujjatlarni olib borishni o‘rgatish;

·         Terapevtik bemorlarni malakali parvarish qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;

·         Xirurgik va reanimatsion bemorlarni malakali parvarish qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;

·         Homilador ayollarni, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda malakali parvarish qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;

·         Zamonaviy asbob-uskunalarda ishlashni, bemorlarni laborator-instrumental tekshiruvga tayyorlashni o‘rgatish;

·         Hamshiralik jarayonida shaxslararo muloqotni o‘rgatish;

·         Talabalarni o‘qitishda fanlararo integrasiyani keng qo‘llash;

·         Yakuniy nazoratning klinik qismini o‘tkazishni yuqori darajada tashkil qilish

·         Xozirgi kunda  Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti dekani sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasi yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi assistenti t.f.n. Eraliev Umidjan Ergashovich o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.