Toshkent tibbiyot akademiyasi
Respublikamizda o’tkazilayotgan jadal islohotlar hamda Prezidentimizning yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi keng ko’lamli yangilanishlar, “Yangi O’zbekiston”, “Inson qadri” uchun tamoyillari yuzasidan Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 278-maktabiga Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini N.X.Abdurahmonova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori D.T.Norqulov, kafedra dosentlari Sh.Iskandarov, N.Sh.Niyozovalar tashrif buyurishdi.
🏢Tashrif davomida o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga, TTA o’qituvchi – professorlari tomonidan javob berildi va o’zaro muhokamalar bo’lib o’tdi. O’quvchilarni bugungi imkoniyatlardan foydalanib, Yangi O’zbekistonga munosib avlod bo’lishga, hamisha o’qib izlanishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolindi.