2026 yil 13 fevral kuni BTM, Informatika va biofizika kafedrasi fakultet jamoasi bilan birgalikda 106-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quvchilar uchun tashkil etilgan maxsus dars mashg‘ulotlari va to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Surdopedagoglar tomonidan olib borilayotgan korrektsion-pedagogik ishlar va o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuv jarayonlari alohida e’tiborga olindi.

💖 Tashrif jarayonida bolajonlarga mehr ulashildi, ular bilan samimiy suhbatlar tashkil etildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Uchrashuv iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

📝 Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, tajriba almashish hamda kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Mazkur tashrif nafaqat ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish, balki jamiyatda mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga ham xizmat qildi.

  

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.