Oliy Majlis Senati Raisining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tizimda faoliyat yuritayotgan, o‘z mehnati va tashabbuslari bilan namuna bo‘layotgan rahbar
ayollar, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli natijalarga erishgan fidoyi xotin-qizlar kengashi raislari Senat
raisi “Faxriy yorlig‘” bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, mazkur yuksak e’tirofga Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi I.K. Maxkamova ham sazovor bo‘lib, universitet jamoasi hamda talaba-qizlar o‘rtasida olib borayotgan samarali faoliyati, tashabbuskorligi va yetakchilik salohiyati bilan munosib ravishda e’tirof etildi. Mazkur mukofot yurtimiz oliy ta’lim tizimida xotin-qizlarning nufuzini oshirish, ularning ilm-fan va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy natijasidir.

https://t.me/senatuz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.