Toshkent tibbiyot akademiyasida talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida 2021 yilning 11- noyabr kuni shaxmat bo‘yicha “TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI REKTORI KUBOGI”ga start berildi. Shaxmat o‘yinlarida ishtirok etish uchun oliygohimizning 64 nafar talabalari saralab olingan. Ayni damda o‘yinlar o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bu musobaqalarda yigitlar bilan bir qatorda talaba-qizlarning ham faol ishtirok etib raqiblarini mag‘lub etayotgani e‘tiborga molik jihatdur. Musobaqa g‘oliblarini 16-noyabr kuni 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov bilan o‘tkaziladigan master klass o‘yinlarida taqdirlash rejalashtirilgan