2023 yil 15 aprel kuni Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti dekani S.U.Aliyev va o‘quv ishlar bo‘yicha dekan muovini N.A.Abzalovalar tomonidan 3-kurs Oliy ma’lumotli hamshira ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun kurs majlisi tashkil qilindi. Kun tartibiga binoan Marketing bo‘limi boshlig‘i I.O.Otajonov tomonidan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalasi muxokama etildi. Bundan so‘ng N.A.Abzalova YaDA o‘tkazish tartibi bilan talabalarni tanishtirdi. Shuningdek, shu kunga qadar kontrakt-to‘lovlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud talabalarga to‘lovni amalga oshirishi zarurligi eslatib o‘tildi. OMH tyutori L.T.Davilova talabalarning o‘quv mashg‘ulotlaridagi davomati to‘g‘risida so‘z yuritdi. Majlis yakunida fakultet dekani S.U.Aliyev talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.