Tashrifning uchinchi kuni, Stokgolm shahridagi mashhur «Getinge» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrash bo‘lib o‘tdi.
«Getinge» kompaniyasi “COVID-19” paytida butun dunyoga sipan va nafas olish apparatlari va narkoz apparatlarini yetkazib berishda yetakchilik qilgani barchaga ma’lum. Bugungi kunda ham mazkur yirik kompaniya innovatsion jarayonlar asosida sipan, narkoz beruvchi apparatlar, jarrohlik stollarni ishlab chiqarishda ilg‘or loyihalarni ilgari surmoqda. Buyurtmalar soni kun sayin o‘sib borayotgan kompaniyada hatto 200-300 grammlik yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga sun’iy nafas berish apparatlari ishlab chiqarilayotganidan hayratga tushdik.
Bundan tashqari o‘zi yuradigan jarrohlik stoli, lampalar va kameralar bilan jihozlangan zamonaviy translyatsiyaga moslashtirilgan jarrohlik qurilmalari bizda qiziqish uyg‘otdi.
Zavod rahbariyati bilan muzokaralar jarayonida mana shu asbob-uskunalarni O‘zbekiston tibbiyot muassasalariga olib kelib o‘rnatish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kelishuvga erishildi.