Kafedralar

Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti

           Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlashni isloh qilish davlat dasturi toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq, 1999 yil sentyabrь oyida davolash fakulьteti tarkibida oʼqish muddati 3 yil boʼlgan oliy malakali hamshira tayyorlash boʼlimi ochildi.

1999-2000 oʼquv yilidan boshlab, Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlarining qoshida “Oliy malakali hamshiralar tayyorlash” boʼlimlari tashkil etildi, boʼlimga 1-ToshDavTIda profesor R.K.Raxmanov (1999-2000), dotsent B.K.Saidkariev (2000-2001), dotsent N.R.Yangieva (2001-2005), 2-ToshDavTIda professor Raximboeva G.S (1999-2002), t.f.d Umarov R.X (2002-2003), TTАda professor Bobojonova Sh.А (2003-2007), professor Xalmatova B.T (2007-2010), professor Rustamova X. Ye (2011-2015), f.f.d Norqulov S.D (2015-2016), t.f.d. Bakieva Sh. H (2017-2020), t.f.n.Eraliev U.E.2020- xozirgi vaqtgacha) rahbarlik qilishgan.

Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti kafedralari

  1. Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi (Xudaykulova Gulnara Karimovna)
  2. Farmakologiya kafedrasi (Allayeva Munira Djurakulovna)
  3. Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va informatika kafedrasi (Bazarbayev Muratali Irisaliyevich)
  4. Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi (Saidov A’lonur Baxtinurovich)
  5. Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi (Razikova Ilmira Sadullayevna)
  6. Ijtimoiy fanlar kafedrasi (Norqulov Suxrob Do‘stmuratovich)