Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti Ilmiy Kengashi bo‘lib o‘tdi.

Dushanba 10 aprel kuni 2023 yil soat 14-00 da 10-o‘quv binoning 2 qavat Jamoat salomatligi va menejment  kafedrasiga tegishli 209 – sonli ma’ruza zalida Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakultetining navbatdagi Ilmiy Kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengashni fakultet dekani S.U.Aliev ochib berdilar va kun tartibi eshittirib o‘tildi. Barcha Kengash a’zolari va fakultet mas’ullari, hamda kafedralarni professor o‘qituvchilari tomonidan bir ovozdan kun tartibi maqqullandi.

Birinchi masala yuzasidan fakultetning dekan o‘rinbosari Abzalova N.A. so‘zga chiqib  “2022-2023 o‘quv yili kuzgi semestr natijalari”  haqida batafsil ma’ruza qilib berdi. Ma’ruza yakunida professor-o‘qituvchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga qoniqarli javob oldilar. Ikkinchi ko‘rilgan masala “YaDA tayyorgarlik holati”, ma’ruzachi YaDAsi kotibasi Salimova M.R. so‘zga chiqib bitiruvchi kurslar haqida ma’lumot berdi. Ma’ruza yakunida Kengash qatnashchilarni savollariga javob berildi. Kun tartibining uchinchi masalasi Fakultet professor-o‘qituvchilarini tanlov asosida lavozimga va ilmiy unvonga saylash. Kengashning saylov komissiyasi tayinlandi va 7ta nomzod haqida ma’lumot eshittirib o‘tildi. Anonim saylov jarayoni amalga oshirilgach saylov komissiyasi raisi natijalarni e’lon qildi va lavozimga talabgorlarni yoqlab ovoz berganlarga minnatdorchilik bildirdi.

Turli masalar yuzasidan kafedra professor-o‘qituvchilarga TTA miqyosida olib borilayotgan o‘quv, uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada jadallashtirish borasida fakultet dekani tomonidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar yuklatildi. Barcha ko‘rilgan masalalar muhokama qilinib bo‘lgach Kengash o‘z faoliyatini tugatdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.