Attestatsiya jarayonida 2025–2026-o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilgan o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, shuningdek, pedagog xodimlarning oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, kasbiy faoliyatidagi natijalari, tashabbuskorligi, mas’uliyati hamda shaxsiy fazilatlari atroflicha ko‘rib chiqildi va baholandi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibi quyidagilardan iborat etib belgilandi:
Komissiya raisi:
Q.E. Shomurodov – Farmatsiya, menejment, tibbiy biologik ish, biotibbiyot muhandisligi va oliy hamshiralik ishi fakulteti dekani.
Komissiya a’zolari:
D.D. Achilov – Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i;
M.Sh. Maxamadjanova – Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi;
N.A. Abzalova – Farmatsiya, menejment, tibbiy biologik ish, biotibbiyot muhandisligi va oliy hamshiralik ishi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari;
N.X. Abduraxmonova – Farmatsiya, menejment, tibbiy biologik ish, biotibbiyot muhandisligi va oliy hamshiralik ishi fakulteti Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari;
Z.Ch. Kurbonova – Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi mudiri;
U.Q. Safarov – Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi assistenti;
N.K. Djuraeva – 1-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi assistenti, fakultet kengashi kotibi.
Mazkur attestatsiya jarayoni professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini baholash, ularning o‘quv jarayonidagi faoliyati, ilmiy va uslubiy ishlari samaradorligini aniqlash, shuningdek, fakultet va universitet rivojiga qo‘shgan hissasini xolisona tahlil qilish maqsadida tashkil etildi.

